Bu kitob adabiy mistifikatsiyadan foydalanilgan holda, "O'tkan kunlar"ning ikkinchi kitobi tarzida yozilgan; buyuk Qodiriy nomidan, Qodiriy bo'lib yozilgan; qattol zamon Qodiriyning qo'lini kishanlab, unga yozish uchun imkon bermaganligi bois fozil izdosh va uvays shogird tomonidan yozilgan. Hech kimning xayoliga kelmagan fantastik bir orzu ro'yobga chiqqan. Bu asar yangi zamon o'zbek adabiyotida tamomila kashfiyot, desa arzigulikdir...